Samarqandda bozor raisi qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidagi bozorga rais etib tayinlangan G.A.ning qamalganidan onasi T.Aliyeva norozi bo‘lib videomurojaat yo‘lladi. Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishisa, G.A. va V.N.lar jamiyat ishchi xodimlarining 113 mln. so‘mdan ortiq ish haqlarini ularga to‘lab bermasdan, jamiyat shtatlar jadvalida mavjud bo‘lmagan 8 nafar ishchi xodimlarga 13 mln.781 ming so‘m ish haqi tashlab berib, tasdiqlangan shtatlar jadvaliga nisbatan xodimlarga 24 mln.594 ming so‘mlik oylik ish haqlarini ortiqcha hisoblab, ushbu pul mablag‘larini talon-toroj qilishgan.
Bundan tashqari, tergovda viloyat bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi tomonidan berilgan 68 mln.250 ming so‘mlik mahsulotlarni talon-toroj qilishgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning Paxtachi tumani bo‘limi tomonidan «Paxtachi dehqon bozori» MChJ rahbari G.A. va jamiyatning bosh hisobchisi V.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar gumonlanuvchiga nisbatan sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Paxtachi tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilib, jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudiga yuborilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter