Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda fuqaroni kaltaklaganlar sud qilindi — Prokuratura

Samarqandda fuqaroni kaltaklaganlar sud qilindi — Prokuratura

Foto: «Xabar.uz»

«Youtube» ijtimoiy tarmog‘ida Nurobod tumanida yashovchi fuqarolar M.Ro‘ziyeva va B.Ro‘ziyevlarning IIB xodimlari o‘g‘li M.Temirovni kaltaklashganliklari, ammo prokuratura organlari xodimlarga chora ko‘rmayotganligi to‘g‘risida xabar tarqalgan. Holat yuzasida Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro M.Temirovning yengil tan jarohati olganligi holati yuzasidan Nurobod tuman prokuraturasi tomonidan 2020 yil 17 oktyabr kuni JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan hamda ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining 2021 yil 15 dekabrdagi hukmi bilan sudlanuvchilar M.T. va Sh.K.lar JKning 109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.

Hozirda mazkur ish apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring