Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardobalik ona o‘z farzandini 18 ming dollarga sotayotganda qo‘lga tushdi

Sardobalik ona o‘z farzandini 18 ming dollarga sotayotganda qo‘lga tushdi

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 23-iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sardoba tumanida yashovchi «L» va «M» ismli shaxslar «L» ismli shaxsning 2020 yilning may oyida tug‘ilgan chaqaloq farzandini 18.000 (o‘n sakkiz ming) AQSh dollari evaziga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida «L» hamda «M» ismli shaxslardan ashyoviy dalil tariqasida 18.000 (o‘n sakkiz ming) AQSh dollari olingan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi vaqtda Sirdaryo viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan tezkor tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring