Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni ma’qulladi

Senat Eron bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni ma’qulladi

Senatning qirq to‘qqizinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Respublikasi o‘rtasida mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Tehron, 2023 yil 18 iyun) ratifikatsiya qilish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi jinoyat sodir etish natijasida ozodlikdan mahrum etilgan O‘zbekiston va Eron fuqarolariga sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘z mamlakatida o‘tashlari uchun huquqiy asos va mahkumlarni topshirish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Ta’kidlash joizki, Shartnoma 2023 yil 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Eronga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.

Hujjatga ko‘ra, mazkur Shartnomani ratifikatsiya qilish orqali uning kuchga kirishi mahkumlarni topshirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani shakllantirib, ikki davlat vakolatli organlarining ushbu sohadagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshiradi.

Muhokama chog‘ida senatorlar mahkumlarga jazoni o‘z yurtida o‘tashi ularga yaqin qarindoshlari bilan muntazam ko‘rishib turish imkonini berishini, bu esa o‘z navbatida oilaviy munosabatlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, mahkumlarning ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishini alohida qayd etdilar.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring