Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelidan imtiyozli narxlarda uy olib bermoqchi bo‘lgan firibgar fosh etildi

Sergelidan imtiyozli narxlarda uy olib bermoqchi bo‘lgan firibgar fosh etildi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.G. fuqaro N.N.ga o‘zini Sergeli tumanidagi mahallalardan birining raisi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali tumandagi  kam ta’minlanganlar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylardan 3 ta xonadonni imtiyozli narxlarda olib berishni va’da qilib, evaziga 9 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring