Sevara Nazarxon nomidan soxta xabar tarqatilmoqda

«Telegram» messenjeri hamda «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali «Click» to‘lov tizimi va xonanda Sevara Nazarxon nomidan foydalanib soxta xabar tarqatilmoqda.
Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi bu haqda ogohlantirmoqda.
«Sevara Nazarxan tavsiya etadi, 2 daqiqa ichida hujjatlarsiz kredit oling va kartangizga tushirib oling» mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on, deya ogohlantirdi Kiberxavfsizlik markazi.
Ehtiyot bo‘ling, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmang.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter