Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shampun» ichidan dori chiqdi

«Shampun» ichidan dori chiqdi

Dehlidan uchib kelgan fuqaroning yo‘l sumkasi tekshirilganda, soch yuvish vositasiga ustamonlik bilan yashirilgan, belgilangan tartibda bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda aytilmagan, hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Fuqaro shisha idishda jami 199 dona EUTRIG hamda ampula ko‘rinishidagi 120 dona SODIUM CHLORIDE INJECTION IP nomli dori vositalari, shuningdek, 19 dona stomatologiya uchun sement (plomba)ni yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Ularning taxminiy qiymati 30 mln so‘mni tashkil etmoqda.  

Hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibga ko‘ra, «Qizil» yo‘lak orqali o‘tadigan jismoniy shaxsda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan, yozma ravishda deklaratsiyalanishi shart bo‘lgan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring