Sifatsiz benzin sotgan AYQSh rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mirzaobod tumanidagi AYoQShda sifatsiz avtobenzin yoqilg‘isi sotilganligi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tumani bo‘limi tomonidan «O‘zenergoinspeksiya» Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining «I.P.» MChJga qarashli AYoQShda o‘tkazilgan tekshiruv hujjatlari o‘rganilganda ushbu AYoQShda 10 730 litr AI-92 markali avtobenzinning oktan soni bo‘yicha sifat ko‘rsatkichi davlat standarti parametrlariga mos kelmasligi, shuningdek MChJ tomonidan mijozlarga sifatsiz yoqilg‘i sotilganligi natijasida 12 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga 103,2 mln so‘m moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter