Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi

Sirdaryoda davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i jinoyat ustida ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i N.T. firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan «O.» MChJning 2020 yildagi qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 230 mln so‘m salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, ya’ni 11,5 mln so‘m talab qilib, 1 000 AQSh dollari va 900 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring