Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi dahshatli qotillik tafsilotlari ochildi

Sirdaryodagi dahshatli qotillik tafsilotlari ochildi

Foto: Xabar.uz

Sirdaryo viloyatida ayol kishining o‘ldirilib, yoqib yuborilishi bilan bog‘liq jinoyat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JKB tomonidan voqea tafsilotlariga oydinlik kiritildi.

Qayd etilishicha, ushbu jinoyatni fosh etish maqsadida olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida, shaxsi noma’lum murda – 1992 yil 20 iyun kuni Sirdaryo tumanida tug‘ilgan, millati tojik, muqaddam sudlanmagan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, turmushga chiqmagan, 1 nafar farzandi bor, vaqtincha ishsiz, Guliston shahri «Mehribonlik uyi»da ro‘yxatda turuvchi fuqaro S.S. ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida marhuma S.S.ning yaqin dugonasi N.Sh. va uning singlisi N.Sh. hamda ularning tanishi M.Sh. (erkak) 2021 yil 7 sentyabr kuni 20:00larda Guliston shahridagi ijara uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirishgan vaqtida S.S. ularning uyiga keladi va birgalikda spirtli ichimlik ichishadi.

O‘rtada yuzaga kelgan janjal oqibatida N.Sh. dugonasining ko‘krak, bo‘yin hamda orqa kurak qismiga, jami to‘rt marotaba tan jarohati yetkazganligi natijasida S.S.ning joni uziladi.

Jinoyat izini yashirish maqsadada qibih yo‘l tutiladi – M.Sh. do‘kondan olib kelgan arra yordamida marhumning tanasi bo‘laklarga bo‘linib, qora salafanga solinadi va 8 sentyabr kuni soat 15:00larda M.Sh. o‘zining tanishi, R.M.ni chaqirtirib, uning boshqaruvida bo‘lgan «Kobalt» rusumli avtomashinasiga murdani yuklab, 9 sentyabr kuni soat taxminan tungi birlarda Mirzaobod tumani Deg‘qonobod MFY xududidagi dala maydoniga olib borishib, murdani ustiga razbavitel sepishib, yoqib yuborishadi.

Hozirda daliliy ashyolar olinib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida N.Sh. va uning singlisi N.Sh. hamda M.Sh. va R.M. qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan 2021 yil 10 sentyabr kuni Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2- qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring