Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq hokim qamoqqa olingani haqidagi gaplar yolg‘on — prokuratura

Sobiq hokim qamoqqa olingani haqidagi gaplar yolg‘on — prokuratura

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qarshi tumanining sobiq  hokimi ayblanib, qamoqqa olinganligi» haqida tarqatilgan ma’lumotlar — yolg‘on. Bu haqda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi raddiya berdi.

Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 4 mlrd 198 mln so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilinganligi holati bo‘yicha tuman hokimi sobiq o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya bo‘limlari boshliqlari — jami 3 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167, 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi tumanining sobiq hokimi M.Mustafoyeva ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.

Ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim «jinoiy ish doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi haqida» yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda. Aholi orasida yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz, deyiladi xabarda.

Qashqadaryo viloyatidagi yagona ayol hokim — 2020-yil mart oyidan buyon Qarshi tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Maqsuda Mustafoyeva shu yilning fevral oyi boshida o‘z arizasi bilan ishdan ketgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring