Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq o‘quvchi aroqni deb pensiyadagi o‘qituvchiga qo‘l ko‘tardi

Sobiq o‘quvchi aroqni deb pensiyadagi o‘qituvchiga qo‘l ko‘tardi

Foto: «uza.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumanida pensiya yoshidagi o‘qituvchi sobiq o‘quvchilari tomonidan kaltaklangani haqida tarqagan xabar o‘rganildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Shu yilning 9-iyun kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumani «Chaqar» mahallasida yashovchi, fuqaro M.Xasanovani mahalladoshlari ya’ni, shu mahallada yashovchi fuqarolar Q.S. va Yu.J.lar urib tan jarohati yetkazganligi haqida Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga Uzun tumani tibbiyot birlashmasining tibbiyot xabarnomasi kelib tushgan. Mazkur xabarnoma shu kunning o‘zida ro‘yxatga olingan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlariga ko‘ra, joriy yilning 8 iyun kuni soat 21.30larda Uzun tumani «Chaqar» mahallasida yashovchi, fuqaro Yu.J. va Q.S.lar spirtli ichimlik iste’mol qilish maqsadida, shu mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro M.Xasanovaning yashash uyiga borishgan. Uning yashash uyi oldida joylashgan, faoliyati 2018-yil dekabr oyidan buyon to‘xtatilgan oziq-ovqat do‘koni yopiq ekanligini ko‘ra bila turib, spirtli ichimlik sotishini so‘rab, uning o‘g‘li bilan tortishadi. Ularning tortishuvini eshitib, M.Xasanova uyidan chiqib kelgan. U fuqarolar Yu.J. va Q.S.larga do‘kon yopiq ekanligini tushuntirib, ketishlarini so‘raganida, fuqaro Yu.J. M.Xasanovaning yuziga bir marotaba qo‘li bilan musht tushirib, unga tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hozirda fuqaro M.Xasanovaga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan  bo‘lib, tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha xabar beriladi, deyiladi IIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring