Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda 69,2 tonna paxta tolasi talon-toroj bo‘ldi

Surxondaryoda 69,2 tonna paxta tolasi talon-toroj bo‘ldi

Foto: «Uza.uz»

Dalalarimizda yetishtirilgan paxta hosili hududiy paxta tozalash korxonalarida dastlabki ishlovdan o‘tkazilib, tola toy holatiga keltiriladi. Ular mintaqaviy paxta terminallarida saqlanib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportga yetkazib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining xabar berishicha, inspeksiya mutaxassislari tomonidan «Surxondaryo mintaqaviy paxta terminali» MChJda saqlanayotgan va turli yillarda ishlab chiqarilgan tola toylari qayta o‘lchovdan o‘tkazildi. Jamiyatning mahsulot qabul qilish sektori omborchisi A.X javobgarligidagi mazkur tola toylari o‘lchanganda bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, 2007-2013-yillar hosilidan qoldiq bo‘lib kelayotgan toylardan «Jarqo‘rg‘on paxta tozalash» AJning 55,9 tonna 334,8 million so‘mlik va «Sho‘rchi paxta tozalash» AJning 13,3 tonna 226,6 million so‘mlik jami 69,2 tonna 561,4 million so‘mlik paxta tolasi kamomadiga yo‘l qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Inspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hujjatlar tergov harakatlari olib borish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring