Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorga 500 000 AQSh dollarlik shartnoma va’da qilgan rahbar ushlandi

Tadbirkorga 500 000 AQSh dollarlik shartnoma va’da qilgan rahbar ushlandi

Shayxontohur tumanida tadbirkorga 500 000 AQSh dollarlik shartnoma tuzib berishni va’da qilgan MChJ rahbari qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «S.S.» MChJ rahbari N.Sh. (muqaddam sudlangan) tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida «L.Y.» korxonasi bilan 500 000 AQSh dollari miqdorida qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring