Tajimuratovni yelkasida ko‘tarib borgan shaxs sudda uni «firibgar» deb atadi
Bugun soat 9:00da Nukus voqealari bo‘yicha sudning ikkinchi kuni o‘z ishini boshladi.
Sud ishida ayblanuvchi A. Turdanov ko‘rsatma berdi. U 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarning ishtirok etishini ta’minlagan va D. Tajimuratovni yelkasiga o‘tqazib, Jo‘qorg‘i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.
Sudlanuvchi bu ishni o‘zi xohlab amalga oshirgani, uni hech kim majburlamagani haqida gapirdi.
Azamat Turdanov, shuningdek, D. Tajimuratovga qarshi ko‘rsatma berdi. U Tajimuratovni «firibgar» va «jinoyatchi» deb atadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sudlanuvchilarga qanday ayblar qo‘yilayotgani ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter