Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Telegramda jirkanch ishga qo‘l urgan shaxslar qamoqqa olindi

Telegramda jirkanch ishga qo‘l urgan shaxslar qamoqqa olindi

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida telegram orqali axloqsiz va bolalar ishtirokidagi pornografik mahsulotlarni tarqatib kelgan shaxs fosh etildi. Aniqlanishicha, 442 nafar obunachiga ega bo‘lgan sahifa orqali 403 ta bolalar pornografik materiallari tarqatilgan.

Gumonlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida pornografiya mavzusidagi videolarga qiziqish orqali kanal ochgani, turli yosh toifasidagi materiallarni joylashtirgani va qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.

Shuningdek, 2004 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan yana bir shaxs telegramda to‘rtta anonim akkaunt orqali qizlar nomidan oltita kanal ochgani ma’lum bo‘ldi. U jami 3 750 ta pornografik material joylashtirib, bank kartalari va abonent raqamlari orqali kanallarni sotish bilan shug‘ullangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u voyaga yetmagan shaxslar tasvirlangan materiallarni 837 nafarga sotib, jami 29,2 million so‘m noqonuniy daromad topgan.

Ushbu shaxs ham qilgan ishidan afsusda ekanini bildirib, bu harakat jinoyat ekanini bilmaganini ta’kidlagan.

Holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 130-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bolalar pornografiyasi nafaqat qonunbuzarlik, balki shaxsning psixologik holatidagi jiddiy buzilishlarni ko‘rsatuvchi xavfli signaldir. Bunday holatlar impulslarni nazorat qilishdagi muammolar, empatiyaning pastligi va axloqiy chegaralarga befarqlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu bois, bu kabi jinoyatlarning oldini olishda nafaqat huquqiy, balki psixologik profilaktika choralari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar internet orqali yoshlar ongiga zarar yetkazuvchi va jamiyat kelajagiga tahdid soluvchi razil g‘oyalarni tarqatishga urinayotgan shaxslar va jinoiy guruhlarga qarshi keskin kurashni davom ettirishini ma’lum qildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring