Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tez yordam»ning oynasini sindirib, haydovchisiga jarohat yetkazgan kimsaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Tez yordam»ning oynasini sindirib, haydovchisiga jarohat yetkazgan kimsaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ foto

Farg‘onaning Quva tumanida Tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tajovuzga uchragani haqida xabar bergandik.

Ya’nikim, o‘tgan yilning 29-noyabr kuni qoq peshinda Quva tumani «Tez tibbiy yordam» bo‘limiga (TTYoB) Yu.Olim degan shaxs (1966-y.t. sudlangan)  kelib, xotinining mazasi qochib qolgani, zudlikda yordam ko‘rsatish kerakligini aytadi.  Aytilgan manzilga borilgach, uy qulf ekani shifokor va haydovchida shubha tug‘diradi. Shunga qaramay, Yu.Olim shifokorni (ayol kishi) ichkariga yolg‘iz kirishi, hadovchidan esa mashinadan tushmaslikni talab qiladi. Murodi hosil bo‘lmagach, axloq va odob chegarasidan chiqib, hech bir sababsiz haydovchini haqorat qilib, uni tosh bilan urib, jarohat yetkazadi, kamiga «Tez yordam» mashinasini oynalarini sindirib yuboradi.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilib, Yu.Olimga nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa-da, biroq «delo» suddan o‘tmaydi. Negaki, Quva tuman ma’muriy sudi raisi A.Jumayev Yu.Olim xatti-harakatlarida jinoyatlar alomatlari mavjud, degan xulosa bilan «ish»ni prokuraturaga oshirib yuboradi.

...Kuni kecha Farg‘onadan xabar oldik. Manbamizga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazilib,  Yu.Olimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni moddaga ko‘ra, bezorlik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring