To‘rt bolaning onasiga o‘lim hukmi o‘qildi. Aybdormi — aybsiz?

Malayziya sudi 24-may kuni avstraliyalik Mapiya Elvipa Pinto Ekcpoctoga o‘lim jazosi tayinladi. To‘rt bolaning onasi, 54 yoshli bu ayol bir kilogramm metamfetamin giyohvand moddasi kontrabandasi bilan shug‘ullanganlikda aybdor deb topildi, deyiladi «Bild» xabarida.
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur aeroportida 2014-yilning dekabrida ushlangan Mapiya Ekcpocto tranzit orqali Xitoydan Avstraliyaga uchayotgan edi. Tintuv davomida uning yuklari orasidan 1,1 kilogramm metamfetamin moddasi topilgan.
Narkotik modda Mariyaga Shanxaydan Melburnga eltib berish uchun topshirilgan sumkaning yashirin qatlami orasidan chiqdi. Ayolning aytishicha, u bundan bexabar, sumkada kiyim-kechak bor, deb o‘ylagan. Advokat Shafi Abdullaning aytishicha, bu ayol narkotiklar nimaligini bilmaydi, sumkasini ham aeroportdagi rentgenga tekshirish uchun ko‘ngilli ravishda o‘zi topshirgan.
Mariyaning so‘zlariga qaraganda, u amerikalik harbiy, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar ishtirokchisi bilan internet orqali yozishib turgan. Ikki yillik virtual tanishuvdan so‘ng o‘sha erkak uni Xitoyga uchrashuvga taklif qiladi.
Xitoyga kelgan Mariya tanishini uchrata olmadi. Qaytishida esa bir notanish kishi sumkasini Melburga yetkazib berishni iltimos qiladi. Shundoq ham xayoli joyida bo‘lmagan ayol qaysi yo‘nalishda uchayotganini chalkashtirib yuborib, aeroportda adashib qoladi va tranzit zona qolib, pasport va bojxona tekshiruvi o‘tkaziladigan joydan o‘tmoqchi bo‘ladi. Va haligi sumkadan narkotiklar chiqadi...
O‘tgan yil dekabr oyida apellyasiya sudi o‘lim hukmini bekor qilgandi, biroq endi uch sudyadan iborat hay’at sudlanuvchini oqlash uchun asos yo‘q degan qarorga keldi.
Malayziya giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun juda qattiq jazo beriluvchi mamlakatlardan sanaladi. Chet ellikligiga ham qarab o‘tirishmaydi. Ellik grammdan ortiq giyohvand moddani saqlaganlik uchun o‘lim jazosi beriladi. O‘tgan asrning 80-yillaridan beri, Avstraliya hukumatining e’tirozlariga qaramay, bu mamlakatning uch nafar fuqarosiga Malayziyada o‘lim hukmi ijro etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter