Toshkent shahridagi quduq ichidan jasad topildi

Joriy yilning 19 dekabr soat 13:45larda Toshkent shahri Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 5-uyning orqa tomonidagi quduq ichidan 55-60 yoshlardagi noma’lum erkak kishining jasadi topilgan. Tashqi ko‘rinishidan jasadga jarohat yetkazilmagan.
Sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan jasad kimga tegishli ekanligini, marhumning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Surishtiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.
Manba: postda.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter