Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 2 mln dollar «ishlab olmoqchi» bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 2 mln dollar «ishlab olmoqchi» bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Ular, aytilgan pulning 50 ming AQSh dollarini olayotgan vaqtida IIV xodimlari tomonidan ushlangan.

Joriy yilning 19-aprel kuni fuqaro S.X. va X.S Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qiladi. Ular o‘z arizasida «Muhammadjon» ismli shaxs, Bo‘stonliq tumani «Navobod» mahallasi hududida joylashgan «AL-INOBAT» MChJga tegishli oromgoh va baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun – Bo‘stonliq tuman hokimining 2017-yil 25-oktyabrdagi 620-son qarori bilan investitsiya kiritish sharti bilan ajratilgan 10 gektar yer maydonini 1 mln 900 ming AQSh dollariga hokimlik orqali hujjatlashtirib berish sharti bilan sotmoqchi ekanligini, hozirda esa aytilgan pulning 50 ming AQSh dollari berishini talab qilayotganligini ma’lum qilgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, 2021-yil 23-aprel kuni Vazirlik JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, P.P., N.M., S.V., T.A., Sh.K. hamda D.A.lar Toshkent shahar Chilonzor tumani, 4-mavze 65-uy oldidagi avtoturargohda nazoratdagi ariza mualliflaridan S.X. va X.S.dan 50 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring