Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kriptovalyuta bilan noqonuniy shug‘ullanganlar fosh etildi

Toshkentda kriptovalyuta bilan noqonuniy shug‘ullanganlar fosh etildi

Foto: «Securenews.ru»

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanishib, boshqa shaxsga «1V» (bitkoyn) elektron pul birligini 10 463 AQSh dollaridan hisoblab, «20V» (bitkoyn) elektron pul birligini o‘zining 7%lik ustamasi bilan hisoblab, jami 224 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan. Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring