Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan firibgar qo‘lga tushdi

Toshkentda o‘zini DXX xodimi deb tanishtirgan firibgar qo‘lga tushdi

Toshkent shahrida o‘zini DXX xodimi deya tanishtirib, Namangan viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxona nomiga olib kelingan tovarlarni Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida ishlovchi tanishlari orqali xech qanday muammosiz bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.

DXX va bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Namangan shahrida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan ushbu «hojatbaror» fuqaro korxona rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan har bir yuk partiyasi uchun 500 AQSh dollaridan jami 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur shaxs korxonaga xorijdan import kilinayotgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona rasmiylashtiruvidan tezlashtirib chiqarib berayotganligini aytib, korxona rahbaridan muqaddam 1000 AQSh dollari olgan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring