Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda teplovoz avtobusga urildi

Toshkentda teplovoz avtobusga urildi

29 may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida avtobus va teplovoz to‘qnashib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qamariq ko‘chasida 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi King Long avtobusi tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan «O‘zbekiston temir yo‘llari»ga qarashli TM-3 teplovozi (haydovchi 1979 yilda tug‘ilgan) bilan yo‘l transport hodasasi sodir etgan.

YTH oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

«Toshshahartransxizmat»  xabariga ko‘raa, avtobus haydovchisi boshqaruv paytida temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib o‘tayotgan vaqtida teplovoz avtobusning orqa o‘ng tomon kuzov qismiga kelib urilgan.

Shuningdek, teplovoz o‘tishidan avval yo‘nalish bo‘ylab transport vositalarini to‘xtatib turuvchi temiryo‘l nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sababli transport vositalarini to‘xtatish choralari ko‘rilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring