Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘xtash taqiqlangan» qoidabuzarligi kamera yordamida qanday aniqlanadi?

«To‘xtash taqiqlangan» qoidabuzarligi kamera yordamida qanday aniqlanadi?

Foto: «Zamin.uz»

Biroz vaqt muqaddam 3.27 belgi (to‘xtash taqiqlangan) qoidabuzarligi kameralar yordamida aniqlanishi haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar bosh boshqarmasi AutoCon-SC/M tizimi qanday ishlashi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Tizim quyidagicha ishlaydi: AutoCon-SC/M o‘rnatilgan patrul avtomobili o‘ziga tegishli xududdan ikki marta o‘tadi. Har ikki o‘tish orasida 5-10 daqiqa vaqt bo‘ladi. Birinchi safargi yurishda to‘xtash taqiqlangan joyda turgan avtomobillar raqami aniqlanadi va ular ehtimoliy qoidabuzar sifatida belgilab qo‘yiladi. Ammo birinchi o‘tishda qoidabuzar hisoblanmaydi. Oradan 5-10 daqiqa o‘tgandan so‘ng patrul avtomobili ikkinchi marta o‘sha joydan o‘tadi va bu safar to‘xtash taqiqlangan joyda turmagan avtomobillar bazadan o‘chiriladi. Ikkinchi safar ham o‘sha joyda turganlariga esa jarima qo‘llanadi.

Bunday tajriba anglashilmovchilik tufayli jarima qo‘llashdan saqlanish uchun amalga oshiriladi. Masalan, avtomobil piyodani o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan bo‘lishi mumkin. Agar avtomobilda nosozlik yuzaga kelgan bo‘lsa, u avariya to‘xtash belgisini qo‘yishi lozim. Bunday holatda AutoCon-SC/M tizimi avtomobilni qoidabuzarlar bazasiga qo‘shmaydi.

Eslatib o‘tamiz, to‘xtash taqiqlangan 3.27 belgiga amal qilmaslik eng kam ish haqining uch barobari (608 190 so‘m) miqdorida jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring