Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toyota Prado» auksionda sotib yuborildi. Endi navbat «Captiva», «Cobalt» va «Damas»ga...

«Toyota Prado» auksionda sotib yuborildi. Endi navbat «Captiva», «Cobalt» va «Damas»ga...

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tumani sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor «J.X.B» agrofirmasidan undiruvchi «Mikrokreditbank» ATB Urgut filialining foydasiga 583 million so‘mga yaqin kredit qarzdorligi undirishi belgilangan.

Undiruv garovga qo‘yilgan «Toyota Prado», «Captiva», «Cobalt» va «Damas» rusumli avtotransport vositalariga qaratilgan. Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Urgut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, ijro harakatlariga kirishilgan hamda qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan.

Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddat o‘tganligi sababli, agrofirmaning «Toyota Prado» rusumli avtotransport vositasi xatlangan hamda «E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonida 352 million so‘mga sotilib, kredit qarzini yopishga qaratildi. Endi navbat «Captiva», «Cobalt» va «Damas»ga.

Ma’lumot uchun, joriy yilning o‘tgan 2 oyida Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, 16.624 ta hujjatlar ijrosi ta’minlanib, 228 mlrd. 519 mln. so‘m undirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring