Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada chiqarilgan qalbaki dollarni O‘zbekistonda o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Turkiyada chiqarilgan qalbaki dollarni O‘zbekistonda o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXXning tezkor tadbirida qalbaki xorijiy valyutalarni muomalaga chiqarishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.

Xususan, «Namangan-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1978 y.t shaxs boshqaruvidagi «Honda» rusumli avtomashina Pop tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda qalbaki 4 ming AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur qalbaki valyutalarni kelgusida sotish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1971 y.t., muqaddam sudlangan fuqarodan 2200 AQSh dollariga sotib olganligi aniqlandi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qalbaki 5400 AQSh dollarini haqiqiy 3 ming AQSh dollariga ayirboshlagan vaqtida ushlandi.

Aniqlanishicha, u Turkiyada ishlab chiqarilgan qalbaki valyutalarni Qirg‘iz Respublikasidagi jinoiy sheriklaridan olib kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami qalbaki 9400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring