Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada yana ikki o‘zbekistonlik ushlandi

Turkiyada yana ikki o‘zbekistonlik ushlandi

O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida yana ikki nafar shaxs ushlangani haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, 2022 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1965 y.t. Faxriddin Shakarboyev hamda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish aybi bilan 2018 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1992 y.t. Xumoyunbek Mardonov joriy yilning 12 yanvar kuni Istanbul shahrida qo‘lga olingan.

Kuni kecha ushbu fuqarolar  O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul  aeroportidan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

«Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolar O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi IIVga murojaat qilishlari so‘raladi.

Jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi», deyiladi Istanbuldagi Bosh konsulxona xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring