Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Universitet xodimi qo‘lga tushdi

Universitet xodimi qo‘lga tushdi

Yuqorichirchiq tumanida o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet xodimi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti xodimi F.X. fuqaro Sh.ni ushbu universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni 4 000 AQSh dollariga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring