Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vagonning xufiya joyidan tovar-moddiy boyliklar topildi

Vagonning xufiya joyidan tovar-moddiy boyliklar topildi

Foto: «sputnik»

Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirish doir navbatdagi qonunbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan fosh etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, mazkur poyezd yo‘lovchilari bo‘lgan xorijiy fuqarolar U.J., K.D. va R.A.lar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan umumiy qiymati salkam
25 million so‘mlik 420 dona tamaki mahsulotlari, 160 dona elektron sigaretlar, biologik faol qo‘shimchalar, turli spirtli ichimliklar hamda pirotexnika mahsulotlarini vagonning xufiya joylariga yashirganliklari ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring