Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi tartib 20 iyuldan kuchga kiradi

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi tartib 20 iyuldan kuchga kiradi

Joriy yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari belgilangan edi.

Jumladan:

  • havo transportida — 1000 AQSh dollari;
  • temir yo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari;
  • avtomobil va piyoda o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollarigacha qiymatdagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish mumkin.

2025-yil 20-iyuldan esa xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish bo‘yicha yangi tartib kuchga kiradi.

Unga ko‘ra:

  • temir yo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarida tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda ikki kalendar kundan;
  • havo transportida uch kalendar kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring