Xususiy mulkni himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-950-son, 29.08.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu sub’yektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va ko‘chki xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter