Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangiyo‘lda akusher-ginekolog yangi tug‘ilgan chaqaloqni 100 dollarga sotib yubordi

Yangiyo‘lda akusher-ginekolog yangi tug‘ilgan chaqaloqni 100 dollarga sotib yubordi

Foto: «Xabar.uz»

Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi R.X.  yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotib yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Akusher-ginekolog fuqaro Z.E.ga uning 1 aprelda tug‘ilgan qizi tug‘ruq vaqtida o‘lganligini aytgan.

Bu haqda hech qanday ma’lumot qayd etmasdan, fuqaro R.X. 100 AQSh dollari evaziga chaqaloqni fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tug‘ruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirib bergan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring