Departament: Yashnobod tumanida yo‘l qurilishidan katta mablag‘ o‘zlashtirilgan
![Departament: Yashnobod tumanida yo‘l qurilishidan katta mablag‘ o‘zlashtirilgan](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3924724196.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, buyurtmachi Yashnobod tumani obodonlashtirish boshqarmasi, bosh pudratchi «T.Y.» va yordamchi pudratchi «T.O.» MChJ mansabdor shaxslari tumandagi 6 ta ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari olib borishlari kerak bo‘lgan.
Ammo tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda 278 mln so‘mlik yo‘l qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarmasdan budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter