Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yigitcha 75 mln so‘m o‘marganda qo‘lga tushdi

Yigitcha 75 mln so‘m o‘marganda qo‘lga tushdi

Foto: Xabar.uz

Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida yashovchi 48 yoshli (ayol) M.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 74,5 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahri, Yashnobod tumanida yashovchi 16 yoshli X.Y. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, X.Y. internet foydalanuvchilariga «Telegram»messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi «a,b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.Y.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a,b» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring