Sudga bormagan Yulduz Usmonova to‘yda xizmatda bo‘ldi
Qoraqalpog‘istonning «El xizmatida» gazetasi jurnalistlari xonanda Yulduz Usmonovani mahalliy telekanallardan birida aytgan gaplari uchun sudga berishgani haqida xabar berilgandi.
Ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni 7 iyul kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Usmonovaning sog‘lig‘ida muammo borligi sababli sud jarayoni boshqa kunga qoldirilgani aytilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuni kecha xonanda Imronning to‘yi bo‘lgani haqida videolar tarqaldi.
Ushbu videolarda Yulduz Usmonova xizmatda bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, sud jarayoni 16 iyulga qoldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter