Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijlik fuqaroga tarjimonlik qilgan shaxs talonchilikda gumon qilinmoqda

Xorijlik fuqaroga tarjimonlik qilgan shaxs talonchilikda gumon qilinmoqda

Uch nafar shaxsi noma’lum kimsalar poytaxtimizning Yunusobod tumanida Pokiston fuqarosini tunab ketishdi. Voqeaga aybdor deya gumonlanuvchilar kuzatuv kameralari yozuvlari orqali topilgan.

IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, 28 sentyabr kuni, tahminan soat 19.30da Yunusobod tumanining Bog‘ishamol ko‘chasida noma’lum shaxslar Pokiston fuqarosi bo‘lgan 45 yoshli A.Mga tegishli sumkani tortib olib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan. Sumka ichida «Samsung S6 Edge» qo‘l telefoni, 800 ming so‘m pul va shaxsiy hujjatlar bor edi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasiga (o‘g‘irlik) binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kuzatuv kameralarini o‘rganish jarayonida shu narsa aniq bo‘ldiki, zo‘ravonlar xorijlik mehmonni jinoyatni sodir etilishidan ancha oldin kuzatishni boshlagan.

Olib borilgan qidiruv-surishtiruv ishlaridan so‘ng gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlandi. Xususan, muqaddam jabrlanuvchiga ma’lum muddat tarjimonlik qilgan 20 yoshli Sh.I hodisaning tashkilotchisi bo‘lib chiqdi.

Gumonlanuvchining so‘zlariga qaraganda, Pokiston fuqarosi undan 400 ming so‘m qarz olib, qaytarmagani yetmaganidek, tarjimonlik xizmati uchun ham 200 AQSh dollari miqdorida xizmat haqqini berishdan bosh tortgan. Shu sababli undan o‘ch olish maqsadida jinoyat sodir etilgan.

28 sentyabr kuni, tahminan 18.30da Sh.I sheriklari 22 yoshli Sh.M va J.Yular bilan jinoyatni rejalashtirgan. IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring