Zafarbek Solijonov kengash raisi o‘rinbosari bo‘ldi. Bloger Otabek Bakirov ham ro‘yxatda bor
Joriy yilning 15-yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida tashkil etilayotgan Jamoatchilik kengashining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda kengash a’zolari tarkibi tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, kengash raisligiga jamoatchilik, davlat organlari, parlamentda uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan, qator ilmiy izlanishlar muallifi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi boshlig‘i – Axtam Tursunov saylangan.
Kengash raisi o‘rinbosarligiga maqolalari, fikrlari, takliflari bilan jamoatchilik va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan «O‘zbekiston kinosan’ati muzeyi» yuriskonsulti, mustaqil jurnalist Solijonov Zafarbek Ulug‘bek o‘g‘li nomzodi ma’qullandi.
Shuningdek, Kengash ishini samarali tashkil etish va yuritish bo‘yicha ham bir necha nomzodlar orasidan huquqiy ta’lim sohasida tajribaga ega bo‘lgan, malakali pedagog, tashkilotchi Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi Tadjibayeva Albina Yuldashbayevna – kengash kotibi etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentiligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari ro‘yxati
Tursunov Axtam |
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi boshlig‘i, Jamoatchilik kengashi raisi |
Solijonov Zafarbek |
“O‘zbekiston kinosan’ati muzeyi" DMda yuriskonsult, mustaqil jurnalist, Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari |
Abdurasulova Kumrinisa |
IIV Akademiyasi kriminologiya kafedrasi boshlig‘i |
Aliyev Umidjon |
“ALIMAX PRO” advokatlik firmasi advokati |
Alimov Nasim |
O‘zNNTMA Kengashi raisi hamda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparatining Siyosiy ta’lim markazi rahbari |
Axmedshayeva Mavlyuda |
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi va tarixi kafedrasi professori |
Bakirov Otabek |
ATB “InFinBank” Tavakkalchilikni boshqarish departamenti direktori v.b |
Bekmurodov Bobur |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Yuksalish" umummilliy harakati raisi |
Buriyeva Xulkar |
“Oʻzbekiston 24” telekanali Fan, ta’lim va madaniyat bo‘limining birinchi toifali muharriri |
Ergashev Jasurbek |
“Green Invest Area” MChJ bosh direktori, bloger |
Joldasova Shaxnoza |
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti Davlat va jamiyat qurilishi sohasida tadqiqotlari bo‘limi bosh ilmiy xodimi |
Jurayeva Fatima |
“Ummonabonu” XK rahbari, bloger |
Iminoxunov Abduqahhor |
“Modust best” MChJ direktori |
Isokov Oybek |
O‘zbekiston nogironlari uyushmasi raisi |
Karshiyev Mirzoxid |
Xelsinki universiteti (Finlyandiya) siyosiy, ijtimoiy va mintaqaviy o‘zgarishlar dasturi doktorant-tadqiqotchisi |
Karimova Nodira |
Respublika “ISTIQBOLLI AVLOD” ijtimoiy axborot markazi boshqaruv raisi, markaz direktori |
Kuliyev Kodir |
Boshqaruv va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassis, xalqaro tadqiqotlar va falsafa professori (Vebster universiteti). BMT huzuridagi Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish akademiyasining O‘zbekistondan vakili |
Malikov Yorqin |
O‘zbekiston biznesni rivojlantirish uyushmasi raisi |
Mukadamov Bobir |
Advokat, feysbukdagi “Portal Molodeji” guruhi asoschisi |
Nikita Makarenko |
“Uzreport TV” telekanali muxbiri, bloger |
Ortikov Bekzod |
«Eco texno city» MChJ direktori |
Pulatov G‘afurjon |
Iqtisodchi, “Dorus-mebel” MChJ |
Quronov Muhammadjon |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari |
Raximov Ulug‘bek |
Loyiha rahbari, direktor muovini “Quytosh koni" MChJ KK, direktor muovini, “Uch-qulach polimetal” MChJ XK |
Raxmonov Abdukamol |
O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisining Mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari |
Rashidova Shirin |
“Ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash” NIHOL Toshkent viloyati markazi rahbari |
Sodiqova Anora |
O‘zbekiston axborot agentligi |
Talipov Aziz |
Biznes xatarlarni boshqarish bo‘yicha menejer, Grant Thornton, London, Buyuk Britaniya |
Tashanov Abdurahmon |
O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi |
Turdaliyev Djamshid |
"MY LAWYER" Advokatlik firmasi advokati |
Shirinova Mavlyudaxon |
“Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori |
Shoumarov Dilshod |
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari |
Yusupov Anvar |
“Mashhura-Ziyo” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari va nodavlat ta’lim muasasalari assotsiatsiya raisi |
Tadjibayeva Albina |
Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent v.b., Jamoatchilik kengashi kotibi |
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter