«Zamdekanning ishi» bo‘yicha yopiq sud boshlandi
Bugun, 7-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 1-qismi bilan ayblangan B. Yu. ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
B. Yu. ga oid jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) 1-qismiga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rilishi ma’lum qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dekan o‘rinbosari shu oliy o‘quv yurti talabasini zo‘rlashda gumonlanib hibsga olingandi.
Mart oyi oxirida esa «zamdekan»ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlanib, ish mazmunan ko‘rib chiqilishi uchun sudga yuborilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter