Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zo‘ravon IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Zo‘ravon IIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Smotri.city»

Voqelik Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ro‘y bergani aytilmoqda.

Shu yilning 5-sentyabr kuni  «Sultonobod shodiyonasi» to‘yxonasidan yaxshigina «yetilib chiqqan» IIB profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash buyicha yordamchisi G.X.ning ko‘ziga fuqaro Sh.T. baloday ko‘rinadi, chog‘i. Natijada jamoat tartibini saqlashga mas’ul bo‘lgan xodimning o‘zi tamoman quyushqondan chiqib, fuqaro Sh.T.ga qo‘l ko‘tarishgacha bordi. Uning zo‘ravonligi oqibatida fuqaroga tan jarohati yetadi.

Manbamizga ko‘ra, ayni paytda holat yuzasidan IIB xodimi G.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi  (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring