Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ikki hudud aholisi orasida virus aniqlandi. SSV umumiy holat haqida ma’lumot berdi (infografika)

Bugun ikki hudud aholisi orasida virus aniqlandi. SSV umumiy holat haqida ma’lumot berdi (infografika)

Foto:«Xabar.uz»

SSV matbuot kotibi o‘z Telegram kanalida yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. 

Bugun mamlakatimizda 97 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 85 nafari Karantin muassasalarida, 5 nafari aholi orasida (shundan 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Toshkent shahrida), qolgan 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 116 nafar fuqaro sog‘aydi. Shundan 85 nafari Toshkent shahridagi, 15 nafari Samarqand viloyatidagi, 14 nafari Navoiy viloyatidagi hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4966 nafar bemordan 3874 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1073 nafar bemordan 12 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 26 960 nafar, statsionar karantinda esa 22 497 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Foto: SSV matbuot kotibi

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring