Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dastlabki 10 kun: O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni qanday o‘zgarmoqda (infografika)

Dastlabki 10 kun: O‘zbekistonda koronavirusdan kasallanishlar soni qanday o‘zgarmoqda (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Koronavirus kasalligi (COVID-19) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida rasman tan olingan 11-mart kunidan so‘ng to‘rt kun o‘tib, 15 mart kuni O‘zbekistonda ham birinchi marta aniqlandi.

Jons Hopkins universitetining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, jahonning kasallik aniqlangan 168 mamlakati va hududlari orasida virusni yuqtirishlar soni (49 nafar) bo‘yicha O‘zbekiston 100-o‘rinda turibdi.

Bugun, 24-mart — O‘zbekistonga koronavirus kirib kelganiga roppa-rosa 10 kun bo‘ldi. Tafsilotlar har kuni saytimizda ma’lum qilinib borilyapti, bevosita yuqoridagi infografikadagi raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 16-mart (7 nafar), 18 (7 nafar), 20 (10 nafar) va 21-mart kunlari (8 nafar) koronavirusni yuqtirish bo‘yicha eng ko‘p holatlar aniqlangan.

O‘zbekiston SSV matbuot xizmatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan 49 nafar bemorning 19 nafari erkak, 30 nafari xotin-qiz, shulardan 4 nafari voyaga yetmaganlar — bolalar. Yosh jihatdan qaraydigan bo‘lsak, 0-9 yoshgacha — 4 nafar, 10-19 yoshgacha — 1 nafar, 20-40 yoshgacha — 27 nafar, 40-50 yoshgacha — 7 nafar hamda 50-59 yoshgacha — 4 nafar, 60-70 yoshgacha bo‘lgan esa 6 nafarni tashkil etmoqda.

Bugun bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori, Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda koronavirus qanday tarqalgani haqidagi tafsilotlarni oshkor qilgandi.

Brifingda xushxabar ham ma’lum qilindi: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 5 nafarida kasallik belgilari yo‘qolgan, 14 kundan so‘ng ularga uylariga javob beriladi!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring