«Ishmas kunlari» Rossiyadan eng ko‘p odam O‘zbekistonga uchadi (infografika)
«Sputnik» yozishicha, Rossiyada 29-oktyabrdan 7-noyabrgacha («ishmas kunlari» uchun) aviachiptalar sotib olganlarning 12,3 foizi xorijga uchadi.
Bularning aksariyati MDH davlatlariga, birinchi navbatda, O‘zbekiston (16,6 foiz) va Armaniston (14,1 foiz)ga ketuvchilar, deyiladi xabarda.
«Ishmas kunlar»ni Rossiyadan tashqarida o‘tkazish uchun sayyohlar chiptalarga o‘rtacha 13 mingdan 39 ming rublgacha sarflashgan. O‘zbekistonga kelib-ketish chiptasi narxi o‘rtacha — 21 410 rubl.
«Tutu.ru» tahlil markazi o‘tkazgan ushbu tadqiqotda sayyohatlardan maqsadlarga aniqlik kiritilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter