Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda koronavirus qurbonlari soni 1 milliondan oshdi (infografika)

Jahonda koronavirus qurbonlari soni 1 milliondan oshdi (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, jahonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 1 million nafardan oshdi.

Jahonda 27-sentyabr, soat 20:35 holatiga:

  • Koronavirus qayd etilishi — 33 175 869
  • Davolanayotganlar — 7 671 253 — 23 foiz
  • Sog‘ayganlar — 24 504 421 — 73,8 foiz
  • Vafot etganlar — 1 000 195 — 3 foiz.

Dunyoda koronavirusdan birinchi o‘lim holati 257 kun avval — 2020-yilning 11-yanvar kuni Xitoyda qayd etilgan edi. O‘tgan davr hisobga olinsa, kuniga o‘rtacha 3892 kishi koronavirus qurboniga aylanmoqda.

Dunyoda koronavirus qurbonlari eng ko‘p 10 mamlakat: AQSh, Braziliya, Hindiston, Meksika, Buyuk Britaniya, Italiya, Peru, Fransiya, Ispaniya va Eron.

Aholi soniga nisbatan o‘lim holatlari eng yuqori mamlakatlar: San-Marino, Peru, Belgiya, Andorra, Ispaniya, Boliviya, Braziliya, Chili, Ekvador, AQSh.

Infografika: «Xabar.uz»

Qit’alarda kasallanganlar/vafot etganlar nisbati (%):

  1. Yevropa — 4 834 167/220 231 — 4,5 foiz
  2. Shimoliy Amerika — 8 706 766/307 245 — 3,5 foiz
  3. Janubiy Amerika — 7 881 545/247 834 — 3,1 foiz
  4. Okeaniya — 31 043/912 — 2,9 foiz
  5. Afrika — 1 461 245/35 123 — 2,4 foiz
  6. Osiyo — 10 260 382/188 835 — 1,8 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring