Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 12-may (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 12-may (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 12-may — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 59-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 11-may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2 486 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1 988 nafar, vafot etganlar — 10 nafar.

12-may sanasida O‘zbekistonda koronavirus 68 kishida aniqlandi.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 4 244 580 nafarga yetdi, shifo topganlar — 1 521 879, vafot etganlar — 286 603 nafar.

Jahon bo‘yicha qayd etilgan koronavirus holatlarining 72,55 foizi 10 mamlakat — AQSh, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Fransiya, Germaniya, Braziliya, Turkiya va Eronga to‘g‘ri kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring