Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 16-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 16-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 16 aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 33-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 15-aprel soat 22:30 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1302 nafarga yetdi: 107 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.

15-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 137 nafarga ko‘paydi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (622,4 ming), Ispaniya (177,6 ming), Italiya (165,1 ming), Fransiya (143,3 ming), Germaniya (133,1 ming) va Buyuk Britaniya (98,4 ming).

AQShda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ko‘rsatkich Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniyaning umumiy ko‘rsatkichidan oshib ketdi.

15-aprelning so‘nggi soatlarida (bizning vaqt bilan) dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.044.894 nafarga yetdi, shundan 131.393 nafari vafot etgan, 505.632 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring