Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 20-aprel (infografika)

Bugun, 20-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 37-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 19-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1565 nafarga yetdi: 225 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 5 nafari vafot etgan.
19-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 75 nafarga ko‘paydi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (755,1 ming), Ispaniya (195,9 ming), Italiya (178,9 ming), Fransiya (152,5 ming), Germaniya (144,3 ming) va Buyuk Britaniya (120 ming).
Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.387.502 nafarga yetdi, shundan 164.191 nafari vafot etgan, 613.443 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.
Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter