Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 23-aprel (infografika)

Bugun, 23-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 40-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 22-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1716 nafarga yetdi: 450 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 7 nafari vafot etgan.
22-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 38 nafarga ko‘paydi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (848,9 ming), Ispaniya (208,3 ming), Italiya (187,3 ming), Fransiya (159,8 ming), Germaniya (150,6 ming) va Buyuk Britaniya (133,4 ming).
AQShda koronavirus aniqlanganlar soni salkam 850 mingga yetdi — bu Ispaniya, Italiya, Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya umumiy ko‘rsatkichidan ko‘p.
Ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.637.673 nafarga yetdi, shundan 184.217 nafari vafot etgan, 717.625 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.
Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter