Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 3-iyun (infografika)

Bugun, 3-iyun — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 81-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2-iyun soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3 760 nafarga yetdi: shifo topganlar — 2 908 nafar, vafot etganlar — 15 nafar.
2-iyun sanasida O‘zbekistonda koronavirus 58 kishida aniqlandi.
«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 6 440 278 nafarga yetdi, shifo topganlar — 2 946 617 nafar, vafot etganlar — 380 265 nafar.
Koronavirusga chalinganlar soni Shimoliy Amerikada 2 108 332 nafar, Yevropada 2 048 941 nafar, Osiyoda 1 194 064 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter