Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 5-may (infografika)

Bugun, 5-may — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 52-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2189 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1405 nafar, vafot etganlar — 10 nafar.
4-may sanasida O‘zbekistonda koronavirus 40 kishida aniqlandi.
Sobiq ittifoq mamlakatlari orasida koronavirus eng ko‘p qayd etilgan Rossiya (145.268)da virusning kunlik o‘sishi 30 apreldan beri yuqori darajada, ketma-ket ikki kundirki (3-4-may) 10 mingdan ortiq bemor aniqlanyapti. Qo‘shni Tojikistonda besh kun ichida koronavirus aniqlanganlar soni 230 nafarga yetdi.
Aholisi ko‘pligi jihatidan faqat Xitoydan keyin turuvchi Hindistonda ham koronavirusning kunlik o‘sish sur’ati jadallashgan: kecha 4 mingga yaqin kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi va ularning jami soni 46,4 ming nafarga yetdi.
Koronavirus qurbonlari 1000 nafardan oshgan mamlakatlar soni ayni paytda — 22 ta.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 3,63 mln. nafardan oshdi, shifo topganlar — 1.184.041, vafot etganlar — 251.421 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter