Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 7-may (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 7-may (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 7-may — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 54-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 6-may soat 23:00 da bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2233 nafarga yetdi: shifo topganlar — 1577 nafar, vafot etganlar — 10 nafar.

6-may sanasida O‘zbekistonda koronavirus 26 kishida aniqlandi.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 3,7 mln. nafardan oshdi, shifo topganlar — 1 287 590, vafot etganlar — 263 349 nafar.

Koronavirusga chalinganlar soni Buyuk Britaniyada 200 ming, Eronda 100 ming nafardan oshdi. Rossiya (165 229) koronavirus qayd etilishi umumiy soni bo‘yicha Germaniya (167 817)dan o‘tishga juda yaqin.

Koronavirus qit’alar miqyosida:

  1. Yevropa — 1 524 498;
  2. Shimoliy Amerika — 1 367 568; 
  3. Osiyo — 603 065;
  4. Janubiy Amerika — 248 512;
  5. Afrika — 52 135; 
  6. Okeaniya — 8 467.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring